Kitob sovgʻa qil – maʼnaviyat ulash!
Kitob sovgʻa qil – maʼnaviyat ulash!
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targʻib qilishga qaratilgan xayrli tadbirlar davom etmoqda.
Xususan, universitetda an’anaga aylangan “Kitob sovgʻa qil – ma’naviyat ulash” loyihasi doirasida Mexanika va konchilik ishi fakulteti jamoasi munosib tashabbus bilan chiqdi. Fakultet tyutorlari hamda talabalari hamjihatlikda universitet Axborot-resurs markazi (ARM) fondiga koʻplab badiiy, ilmiy hamda ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlarni tuhfa qilishdi.
Mazkur ezgu sa’y-harakat yoshlar oʻrtasida bilim ulashish an’analarini rivojlantirish, talabalarning dunyoqarashini oʻstirish va kutubxona fondini zamonaviy adabiyotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.